19:05 / 03.07.2016
6781

Infantino mansabidan foydalanib Rossiya va Qatardan pul va sovg‘alar undirishda gumon qilinmoqda

FIFA prezidenti Janni Infantino mansabini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.

Shveytsariyaning Sonntags Zeitung gazetasi tahririyatiga noma'lum shaxs tomonidan 11 sahifali maktub jo‘natgan.

AFP xabariga ko‘ra, anonim xat muallifi FIFA tashkilotining audit va nazorat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sindisive Mabaso-Koyana bo‘lishi mumkinligi gumon qilingan.

Maktubda Infantino o‘z mansabidan foydalangan holda, Qatar va Rossiyadan qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek shaxsiy samolyotlardagi parvozi uchun taxminan 150 ming dollar atrofidagi xarajatlarni undirgan. 

Qolaversa, Infantino 2ta xizmat mashinasidan foydalanayotgani, ulardan biri oilasining ehtiyoji uchun ishlatilayotgani, mashinaga oyiga 30 ming frank mablag‘ sarflanayotgani keltirib o‘tilgan.

Top