Jahon | 15:54 / 04.07.2016
9611
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri terroristligi uchun hukm qilinganlarning barchasini zudlik bilan qatl etishni buyurdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy mamlakat hududida terrorchi sifatida o‘limga hukm qilingan barcha mahbuslar uchun hukmni zudlik bilan ijro etish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda Al Sumaria xabar tarqatgan.

Rasmiy manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bosh vazir shu haqdagi farmoyishini Adliya vazirligiga ham yuborgan.

Qayd etilishicha, vazir bu orqali 3 iyul kuni Bag‘dod shahrida sodir etilgan va 200 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt uchun javob qaytarmoqda.