13:52 / 04.07.2016
4198

OAV: Bag‘doddagi teraktda halok bo‘lganlar soni 200 kishiga yetdi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida 3 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar soni 200 kishiga yetdi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

Uning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar 213 kishini tashkil etmoqda, jarohatlanganlar soni esa 200 nafar.

O‘z navbatida, Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, Iroq bosh vaziri mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Minalashtirilgan mashina Karrada markazida, odamlar bayram tayyorgarligi uchun bozorlik qilayotgan chog‘da sodir etilgan.
Birinchi portlashdan keyinoq Bag‘dod sharqidagi bozor hududida joylashgan sharshara yaqinida yana bir minalashtirilgan avtomobil portlagan.
Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

 

Foto:© AP Photo/Hadi Mizban

 

Top