Jahon | 11:28 / 04.07.2016
6294
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy internetdagi yangiliklar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

Xitoy hukumati, ijtimoiy tarmoqlar va veb-sahifalarda yangiliklar tarqatilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda, deb yozmoqda "Chjungo tsinnyan bao" gazetasi.

XXR internet-axboroti ishlari bo‘yicha Davlat idorasi shu haqdagi qarorni e'lon qilgan. Nashrning yozishicha, Davlat idorasi saytlardan, "to‘g‘ri, keng yoritilgan, xolis va hissiyotlarga berilmagan" xabarlarni tarqatishni talab qilib, ijtimoiy tarmoqlardan olingan va tekshirib ko‘rilmagan yangiliklarni tarqatmaslikni taqiqlagan. 

Bundan tashqari, faqatgina mish-mishlarga asoslangan xabarlarni tarqatish yoxud "taxmin va xayolga berilgan holda dalillarni o‘zgartirish" keskin taqiqlanadi. 

Iyun oyi oxirida mazkur Davlat idorasi mobil ilovalar nazoratiga jiddiy tus berilishini e'lon qilgan edi. 


 

Foto:© EPA/HOW HWEE YOUNG

 

Mavzuga oid