23:02 / 04.07.2016
9193

OAV: Saudiya Arabistonida masjidlardan biri yonida portlash ovozlari eshitildi

Saudiya Arabistonidagi Al-Qatif shahridagi masjidlardan biri yonida portlash ovozlari eshitilgan, deb xabar bermoqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Portlashlardan biri masjidlardan biri yonida yuz bergan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, portlash yuz bergan hududda inson tanasi bo‘laklari ko‘ringan. "Al-Arabiya" telekanalining ma'lum qilishicha, portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan. Taxmin qilinishicha, masjid yonida aniqlangan tana bo‘laklari terrorchiga tegishli bo‘lgan. 

Ikkinchi portlash shaharning ishbilarmonlik tumanida yuz bergan. Tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.

Top