17:25 / 04.07.2016
32627

Toshkent shahar aholisiga murojaat!

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida ommaviy axborot xodimlari uchun brifing o‘tkazildi. Unda hokimiyat axborot xizmati vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi. Brifingda Toshkent shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashining Toshkent shahar aholisiga murojaati e'lon qilindi.

Brifingda Toshkent shahrida 1 sentabr kunida nishonlanadigan mustaqillik kuni munosabati bilan 50 obodonlik kuni aksiyasi e'lon qilindi.

Aktsiya doirasida shahardagi 11 tumanning har birida 25tadan ko‘chani obodonlashtirish va 25tadan bolalar o‘yin maydonchalarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Toshkent shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi shaharliklarga murojaat qilar ekan, barchani mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish, poytaxtni yanada go‘zal va obod shaharga aylantirishga chaqirdi.

Top