21:09 / 05.07.2016
10193

Yangi avloddagi Mercedes Gelandewagen avtomobilining suratlari paydo bo‘ldi

Fotojosuslar yangi avloddagi Mercedes-Benz G-Class avtomobilini Yevropadagi yo‘l sinovlari vaqtida suratga olishdi, deb xabar bermoqda Motor1.com.

Ta'kidlanishicha, avtomobil 38 yil davomida deyarli o‘zgarmagan. 

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘ltanlamas konstruksiyasida alyuminiy ishlatilishi evaziga 200 kg ga yengilroq, biroq 100 mm ga uzunroq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, avtomobil ko‘p dastakli old podveska, qayta sozlangan prujina va  amortizatorlar, elektr mexanik rul boshqaruvini olishi kerak. Muhandislar mashina aerodinamikasini yaxshilashga harakat qilishgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yangi Mercedes Gelandewagen 360 ot kuchigacha 6 silindrli benzinli va 300 ot kuchigacha dizel dvigatellar bilan jihozlanadi. Dvigatellar 9 pog‘onali uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

Yangi mashina keyingi yil oxiridan savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Top