16:05 / 06.07.2016
6744

“Odnoklassniki” va “JagaJam” kontent uchun reyting ishga tushirishdi

“JagaJam” ijtimoiy statistika va tahlil xizmati “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i bilan birgalikda “Eng yaxshi post” xizmatini ishga tushirmoqda. Xizmat bepul bo‘lib, u marketologlar, brend menedjyerlar, SMM-mutaxassislar va OAV vakillari uchun mo‘ljallangan.

“Odnoklassniki” loyihasi ustida ishlash davomida “JagaJam” ijtimoiy tarmoqda taqdim etilgan eng qiziqarli va o‘ziga tortuvchi kontent bo‘yicha stastik ma'lumotlarni olish mumkin bo‘lgan xizmatni yaratdi. Reyting “Odnoklassniki”dagi 7 ming atrofidagi guruhlarni tahlil qilish natijasida tuzilgan. Tahlil qilinayotgan guruhlar soha va segmentlarga bo‘lingan: brendlar, OAV, mashhur insonlar, joylar, sport, ko‘ngil ochish sanoati va boshqalar.

Bu xizmat ijtimoiy tarmoqda xizmatlar va mahsulotlar targ‘iboti strategiyasini o‘zgartirish va nashr etilayotgan kontentning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Top