17:00 / 07.07.2016
7951

AQShdan neft eksport qilish so‘nggi yuz yilda eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

AQSh, neft eksportiga nisbatan embargo bekor qilingach, joriy yil may oyida xorijga rekord ko‘rsatkichda neft sotgan. Bu raqam bir oyda 2,8 million tonna yoki kuniga 662 ming barrelni tashkil etgan. Bu haqda Reuters agentligi Amerika statistika byurosi (Census Bureau)ga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Bu 1920 yildan beri eng yirik natijadir, deb qayd etadi axborot agentligi. Amerika neftini asosan Kanada (bir sutkada 308 ming barrel), Niderlandiya (110 ming barrel) va Niderlandiya qirolligiga kiruvchi Kyurasao (67 ming) xarid qilgan.

6 iyul kungi xom-ashyo birjasi savdolarida Brent rusumli neftning bir barreli 49,35 dollardan sotilgan bo‘lsa, WTI fyucherslarining bir barreli 48,04 dollarga baholangan. 

2015 yil 18 dekabrida Amerika rahbari Barak Obama, Amerika neftini eksport qilishga 40 yildan ortiqroq vaqt muqaddam joriy qilingan taqiqni bekor qiluvchi 2016 yilgi davlat byudjyetini tasdiqlagan edi. 


 

Mavzuga oid
Top