Bangladeshda bomba portlashi natijasida kamida besh nafar kishi, jumladan, politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, portlash poytaxt Dakkadan 117 km shimoli-sharqda joylashgan Kishorganj shahrida bo‘lgan. Qurilma musulmonlarning muqqaddas Ramazon oyi so‘nggida o‘qiladigan Iyd al Fitr namozi ado etilayotgan payt ishga tushirilgan.
Portlashni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Foto: ibtimes.co.in








