01:13 / 07.07.2016
14912

Putin va Obama o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, suhbat Obama tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. 

Putin Obamaga 20 iyunda Sankt-Peterburgda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidagi ixtilof masalasi bo‘yicha Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston prezidenti Serj Sargsyan bilan o‘tgan uch tomonlama uchrashuv natijalari haqida ma'lumot berdi. 

Bundan tashqari, Suriyadagi vaziyat muhokama qilinganda Putin Obamani o‘rtamiyona Suriya muxolifatini "Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhidan ajralib chiqishiga turtki berishga chaqirdi.

"Ukraina mavzusi muhokama qilinganda Putin Kiyev tomonidan Minsk kelishuvlarining to‘liq bajarilishi, jumladan Donetsk va Lugansk bilan bevosita suhbatni yo‘lga qo‘yish, amnistiyalar o‘tkazish, DXR va LXRga alohida maqom berish, mahalliy saylovlar haqidagi qonnunni birgalikda ishlab chiqish muhimligiga ishora qildi", deyilmoqda xabarda. 

Avvalroq Putin Obamaga AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik telegrammasini yuborgandi.

Top