09:37 / 07.07.2016
6569

Santush: Biz Portugaliya dunyodagi eng kuchli jamoa emasligini bilamiz

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Yevropa chempionati yarim finalida Uelsga qarshi kechgan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi. Liondagi «Stad de Lyumer» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda portulagiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

«Men bu o‘yin o‘ta qiyin o‘tishini bilgandim. Lekin biz o‘zimizga ishongandik. Bilaks, raqibning kuchsiz jihatlaridan foydalanib qolishni o‘ylamadik. Uels — juda kuchli jamoa. Koulmenga tan berish kerak — u fantastik ish qildik. Xuddi bugun mening shogirdlarim kabi. Bizning futbolchilar Uels qarshiligini sindirishga va g‘alaba keltiruvchi gollar urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bizda har bir o‘yin uchun alohida rejalar bo‘lgan. Ba'zida himoyaviy, ba'zida hujumkor.

Biz Portugaliya dunyodagi eng kuchli jamoa emasligini bilamiz. Lekin tarkibimizda o‘yinni hal qila oladigan yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz shundan foydalanamiz. Har bir raqibga qarshi belgilangan tartibda o‘yin ko‘rsatish kerak. Uels avvalgi raqiblarimizdan butkul boshqacha edi. Britanlarda tezkor futbolchilar bo‘lishadi. Bu o‘yinda raqib hujumchilariga to‘p yetkazib berilmasligi ta'minlanishi kerak edi. Menimcha, reja ish berdi.

Menda Portugaliya terma jamoasidagi ilk uchrashuv qaysi bo‘lgandi? Ha, biz o‘shanda «Stad de Frans»da o‘ynagandik. O‘shanda yigitlarga shunday degandim: «Biz ikki yildan keyin bu yerga qaytamiz, Yevro-2016 finalida o‘ynash uchun». Ko‘plab oylarni shu maqsadga erishishni ko‘zlab o‘tkazdik. Galdagi vazifamiz — Yevropaning eng kuchli jamoasi sifatida tan olinish. Biz finala unda g‘olib bo‘lish uchun chiqdik, shunchaki o‘yinni o‘tkazib berish uchun emas», — deya Santushning so‘zlarini keltiradi «Chempionat». 

Finalga chiqqan Portugaliya 10 iyul kuni Germaniya — Fransiya jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi yarim final juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

Manba: Tribuna.uz

Top