17:49 / 07.07.2016
23204

“Sensiz yashay olmayman”: Qirg‘iziston prezidentining ikkinchi klipi namoyish etildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Nikolay Aseyevning she'rini kuyga solib, 2009 yilda “Sensiz yashay olmayman” («Ya ne mogu bez tebya jit») qo‘shig‘ini yaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, she'rni biroz to‘g‘rilab, unga naqorat qo‘shishga to‘g‘ri kelgan. “Menimcha, yaxshi qo‘shiq chiqdi”, - deydi Atambayev. 

Kinorejissyor Furqat Tursunov tomonidan yaratilgan klipidan 1967 yilda “Mosfilm” tomonidan suratga olingan “Yana bir bora ishq haqida” («Yeshchyo raz pro lyubov») filmi kadrlari o‘rin olgan. 

Bundan avval internet tarmoqlarida Qirg‘iziston prezidentining birinchi klipi paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Ilk qo‘shiq “Taqdirga qasdma-qasd” («Sudbe nazlo») deb nomlanib, uning klipiga ham retro kinofilm asos qilib olingan edi. 
 

Top