15:12 / 07.07.2016
2896

Uimbldon. Federer, Marrey, Berdix va Raonich yarim finalda

6 iyul kuni Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi «Uimbldon» turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida yarim finalchilar ma'lum bo‘ldi. Yarim finalda Federer, Marrey, Berdix va Raonich ishtirok etadi.

Shveytsariyalik Rojyer Federer dramatik kechgan chorak final uchrashuvida xorvatiyalik Marin Chilichni 5 set natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi. Dastlabki ikki setni boy bergan Federer keyingi 3ta setda raqibidan ustun bo‘ldi.

Endi o‘zaro uchrashuvlarda Federer 6:1 hisobida oldinda.

Rojyer Federer (Shveytsariya, 3) – Marin Chilich (Xorvatiya, 9) – 6:7 (4), 4:6, 6:3, 7:6 (9), 6:3 

Kecha shuningdek, turnir mezboni Endi Marrey fransiyalik Jo-Vilfred Tsongaga qarshi bahs olib bordi va 7:6, 6:1, 3:6, 4:6, 6:1 hisoblarni qayd etib g‘olib bo‘ldi.

Kanadalik Milosh Raonich esa turnirning amaldagi g‘olibi Novak Jokovichni sensatsion ravishda yenggan amerikali Sem Kuerrini 4 set natijasiga ko‘ra taslim etdi: 6:4, 7:5,  5:7, 6:4.

Tomash Berdix (Chexiya) va Lukas Pui (Fransiya) bahsida chexiyalik tennischi osonlik bilan g‘alaba qozondi: 7:6, 6:3, 6:2.

27 iyun kuni boshlangan va 10 iyun kuniga qadar davom etadigan turnir bahslari maysali ochiq kortlarda o‘tkazilmoqda, mukofot jamg‘armasi 28,1 mln funt.

Yarim final uchrashuvlari 8 iyunga belgilangan.

Top