19:57 / 09.07.2016
12220

Amerika kinosi ramzi - Tom Xenks 60 yoshda

Amerikalik dunyoga mashhur aktyor Tom Xenks 9 iyul sanasida 60 yoshni qarshiladi. Bo‘lajak san'atkor bosh oshpaz oilasida dunyoga keldi. O‘shanda bolakay vaqti kelib Amerika kinosi ramziga aylanishini hech kim aytib bera olmasdi. Yigitning aktyorlik mahorati erta yuzaga chiqdi va u 1980 yil – 24 yoshida “Suv ovozi” filmida bosh rolni ijro etdi. Aktyor Robert Zemekisning “Forrest Gamp” filmidagi bosh rolni ijro etdi va shon-shuhrat ostida qolib ketdi. U ana shu kartinadagi roli uchun faoliyatidagi ikkinchi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Tom turli filmlardagi turlicha qahramonlarni ijro etib, o‘zining serqirra aktyor ekanligini namoyish etdi. Ushbu filmlarga “Appalon 13”, “Jyentlmenlar o‘yini”, “Da Vinchi kodi” va yaqinda chiqqan “Ayg‘oqchilar ko‘prigi” misol bo‘la oladi.

1. «Forrest Gamp» (1994)

2. Tom Xenks va Robin Rayt «Forrest Gamp» filmida (1994)

3. «Filadelfiya» (1993)

4. «Apollon-13» (1995)

5. Tom Xenks “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida «Filadelfiya» kartinasidagi ijrosi uchun «Oskar» mukofotini qabul qilmoqda. 1994 yil

6. Tom Xenks, astronavt Jyeyms Lovell va AQSh prezidenti Bill Klinton Oq uyning Oval xonasida, 1995 yil

7. Aktyor Tom Xenks rafiqasi Rita Uilson bilan, 1998 yil

8. «Oddiy askar Rayanni qutqarish» (1998)

9. «Oddiy askar Rayanni qutqarish» filmi uchun «Oskar» olgan rejissyor Stiven Spilberg va aktyor Tom Xenks AQShning «Normandiya» harbiy kemasi bortida

10. Tom Xenks va Maykl Klark Dunkan “Yashil yo‘lak” kartinasida (1999)

11. «Darbadar» (2000)

12. Tom Xenks va Hillari Klinton xayriya tadbirida. 2000 yil

13. Tom Xenks va Odri Totu «Da Vinchi kodi» filmida (2006)

14. Tom Xenks va Juliya Roberts aktyorning rejissyorlik debyuti bo‘lmish «Larri Kraun» filmida (2011)

15. «Ayg‘oqchilar ko‘prigi» (2015)

Top