00:27 / 09.07.2016
7615

Yangi Apple operatsion tizimidan barcha foydalanishi mumkin

Apple joriy yilning kuzida rasman taqdim etiluvchi iOS 10 operatsion tizimining birinchi ommaviy beta-versiyasini ishga tushirdi. Faqat dasturchilar uchun mo‘ljallangan to‘plamlardan farqli o‘laroq, yangi OT sinov versiyasini iPhone, iPad yoki iPod'ga ega istalgan shaxs o‘rnatib olishi mumkin.

iOS 10ning birinchi ommaviy beta-versiyasi  (Public Beta 1) ham dasturchilar uchun mo‘ljallangan iOS 10 Developer Beta 2 "to‘plamli" raqami (14A5297c)ga ega. "O‘nlik" bilan tanishishni istagan foydalanuvchilar hozirdanoq Apple beta-sinov dasturiga ulanishi kerak. Bu ishni quyidagi link orqali amalga oshirish mumkin.  

Apple qurilmalari uchun navbatdagi katta iOS 10 taqdimot  iyun oyida bo‘lib o‘tgan WWDC 2016 anjumanida namoyish etildi. "O‘nlik" qulflash va xabarlar ekranini yanada funksionalroq qiladi, yordamchi Siri'ni ichki o‘rnatilgan dasturlarda ham ishlatish imkonini beradi, mediakontent bo‘yicha qidiruv ishini yengillashtiradi, shuningdek, ko‘plab tizimli dasturlar, jumladan iMessage messenjerining funksiyalarini kengaytiradi.

Apple (macOS) "operatsion"ining oxirgi mobil va ish stoli versiyasi kuz oyida taqdim etilish rejalashtirilgan. Yangi tizimni sentabr—oktabr oylarida yuklab olish mumkin bo‘ladi.
 

Top