14:26 / 09.07.2016
7989

Janubiy Koreya va AQSh harbiylari KXDR raketasi parvoziga oid turli fikrlarni bildirdi

Amerika va Koreya respublikasi harbiy ekspertlari, Shimoliy Koreyaning suvosti kemasidan uchirgan ballistik raketasi parvozini turlicha baholagan. Xususan, AQSh strategik qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, KXDRning KN-11 rusumli raketasi «Sinpo» tasnifidagi suvosti kemasidan Yapon dengizi havzasida uchirilgan va ayni dengizga qulagan, deb xabar qilmoqda Reuters. 

Aniqlik kiritilishicha, AQSh harbiylari raketaning qulashi bilan tamomlangan parvozni kuzatib turishgan. U, Shimoliy Amerika hududiga tahdid solmagan. 

Janubiy Koreya mudofaa ma'muriyatidagi manbalar esa, amerikalik hamkasblarining fikriga qo‘shilishni xohlamayapti. Ularning taxmin qilishlaricha, raketa 10 km balandlikda portlagan bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreyaning «Yonxap» agentligi. Raketa, bir necha kilometr uzoqlikka ucha olgan. 


 

Top