Chexiyaning Rotava shahridagi temir yo‘l stansiyasidan 200 m masofada ikki poyezd to‘qnashishi oqibatida 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Blesk xabar tarqatgan.

«Bu hodisada jinoyat alomatlari borligi bo‘yicha tekshiruvlar boshlangan. Hozircha hodisaning aniq sababi ma'lum emas», — degan politsiya vakili Ketrin Kreychi.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Aniqlik kiritilishicha, poyezdlar kichik tezlikda harakatlanayotgandi.