21:24 / 10.07.2016
22740

Yevro-2016 finali haqida 10 ta qiziqarli fakt

Yevro-2016 finaliga KIA kompaniyasi  va "Chempionat" nashri Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi haqida 10 ta qiziqarli fakt tayyorladi.

1. Portulagiya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu musobaqaning yarimfinalida Uelsga urgan goli evaziga Yevropa chempionati to‘purarlari ro‘yxatida afsonaviy Mishel Platiniga yetib oldi – endi ikkala futbolchining hisobida 9 tadan gol bor va Ronalduda Platinidan farqli o‘laroq, bu natijani yaxshilashga imkoniyat mavjud.

2. Fransiya Yevropa chempionati finaliga 2000 yildan, Portugaliya esa 2004 yildan beri birinchi marta chiqdi. Fransiyaliklar uchun bu 3-final, portugaliyaliklar uchun esa 2-final bo‘ladi.

3. Musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann bir oy avval Chempionlar Ligasi finalida bir-birlariga qarshi o‘ynashgandi. Frantsuz o‘sha o‘yinda asosiy vaqtda penaltini ura olmagandi, uning "Atletiko"si esa penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ygandi.

4. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann 2004 yildan beri bir Yevropa chempionatida 4 tadan ko‘proq gol ura olgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu borada 1984 yilgi Yevropa chempionatida 5 ta o‘yinda 9 ta gol ura olgan yana bir fransuz – Mishel Platini rekordchi hisoblanadi. 

5. Final uchrashuvi o‘tadigan "Stad de Frans" stadioni 1998 yilgi jahon chempionati uchun qurilgan va mundial hamda Chempionlar Ligasi finallarini qabul qilgan. Joriy Yevroda Sen-Denidagi stadionda 6 ta uchrashuv o‘tkazildi.

6. Fransiya va Portugaliya Yevro-2000 yarimfinalida uchrashishgan. O‘shanda qo‘shimcha vaqtda Zinedin Zidan tomonidan amalga oshirilgan penalti hisobiga fransuzlar g‘alabaga erishgandi. Finalda fransuzlar italiyaliklarni mag‘lub etib, chempionat g‘olibi bo‘lgandilar.

7. Fransiya bosh murabbiyi Dide Disham noyob natijaga erishishi mumkin, ya'ni unda Yevropa chempionatini ham futbolchi, 16 yil o‘tib esa yana murabbiy sifatida yutish imkoni mavjud.

8. Yevropa chempionatining final bosqichlaridagi rasmiy uchrashuvlarda Portugaliya biror marta ham Fransiyani yuta olmagan. Yevropa chempionatlaridagi ikki jamoa o‘rtasidagi ikkala uchrashuv ham asosiy vaqtdagi 1:1 hisobidagi durang natijadan keyin qo‘shimcha vaqtda fransuzlarning g‘alabasi bilan yakunlangan.  

9. Krishtianu Ronaldu Uels bilan yarimfinal o‘yinidan oldin o‘z muxlislari bilan shundoq maydonda suratga tushdi. U suratga tushgan ikki muxlis ham uchrashuv oldi shousi ishtirokchisi bo‘lgan, biroq jamoalar maydonga chiqayotgan vaqtda ayyorlik ishlatib, maydonda qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

10. Portugaliya futbolchisi Renatu Sanshesh juda erta yoshda asosiy tarkibdan o‘rin ololgan holda Yevropa chempionatini 18 yoshida yutish imkoniga ega. Agar bu yuz bersa, u tarixga Yevropa chempionatini yutgan eng yosh futbolchi bo‘lib kiradi.

Manba: Tribuna.Uz

Top