10:44 / 10.07.2016
6587

Xitoyning ikkinchi orbital stansiyasi parvoz maydonchasiga yetkazildi

Xitoylik mutaxassislar "Tyangun-2" koinot laboratoriyasi modulini parvoz maydonchasiga yetkazdilar, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. Qurilma uchirilgandan keyin Xitoyning ikkinchi orbital stansiyasiga aylanishi kerak.  

Laboratoriya Pekindan Tszyutsyuan kosmodromiga temir yo‘l orqali yetkazildi, endi uni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Parvoz sentabr o‘rtasiga mo‘ljallangan. Shundan keyin stansiyaga "Shenchjou-11" boshqariluvchi kemasi uchiriladi. 

Avvalroq avvalgi "Tyangun-1" orbital stansiyasi sekin-asta orbitadan chiqib ketayotgani ma'lum qilingandi. Stantsiya 2011 yilda uchirilgan va ikki yil ichida ikkita ekipajni qabul qilgan, shundan keyin passiv rejimga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top