15:59 / 10.07.2016
7144

Renatu Sanchesh tug‘ilgan tug‘ruqxona uning 18 yoshda ekaniga hujjat keltirdi

«Bavariya» yarim himoyachisi Renatu Sanchesh dunyoga kelgan Hospital Amadora-Sintra tug‘ruqxonasi Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionati finaliga chiqqan bu futbolchining yoshi rostdan ham 18 yoshda ekanini isbotlaydigan hujjat taqdim etdi.

Hujjatda Sanchesh 1997 yilning 18 avgustida tug‘ilgani ko‘rsatilgan.

Futbolchining yoshi borasidagi shubhalar unga tug‘ilgani haqidagi guvohnoma juda kech berilgani tufayli paydo bo‘lgandi.

Diário de Notícias xabarida Sancheshning tug‘ilgani u 5 yoshga chiqqanida, 2002 yili ro‘yxatga olingani aytilgan.

Futbolchi tug‘ilganidan 5 oy o‘tib uning otasi Fransiyaga ketadi, shuning uchun ZAGSda bu ma'lumot bola 5 yoshdaligida, ya'ni ota Portugaliyaga qaytganida rasmiylashtiriladi.

Gi Ru: «Renatu Sanchesh 23 yoki 24 yoshda, 18da emas»

Renatu Sanchesh o‘zini yoshi kichraytirilgan futbolchi deb atagan Gi Runi sudga bermoqchi

Top