18:37 / 11.07.2016
15374

Yevro-2016 turnirining eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

Foto: UEFA.COM

UYeFA 2016 yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi nomini ma'lum qildi.

Tashkilot matbuot xizmatining rasman ma'lum qilishicha, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiyaliklar terma jamoasi turnir finaliga chiqdi va qo‘shimcha bo‘limlarda o‘tkazilgan gol tufayli Portugaliyaga yengildi.

Grizmann turnir davomida 7ta o‘yinda ishtirok etib, 6ta gol urdi va 2 marta sheriklarining golli pas bilan ta'minladi. Unga final uchrashuvidan keyin to‘purarligi uchun "Oltin butsa" mukofoti topshirilgandi.

Yevro-2016 turnirining eng yaxshi futbolchisi 13 ekspertni o‘z ichiga olgan maxsus qo‘mita tomonidan aniqlandi. Bu qo‘mita tarkibida Aleks Fergyuson, Devid Moyyes, Savo Miloshevich, Garet Sautgeyt, Alen Jiress va boshqa mashhur mutaxassislar bor.

2012 yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan turnir g‘olibi bo‘lgan Inesta turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.

Manba: Tribuna.uz

Top