23:47 / 11.07.2016
4816

Sochi rahbariyati plyajlarga kechki vaqt tashrif buyurishni taqiqlashdan voz kechdi

Sochi rahbariyati plyajlarga kechki vaqt tashrif buyurishga cheklovlar kiritishdan voz kechdi, deb ma'lum qilindi shahar ma'muriyatida.

"Sochida tungi cho‘milishlarga taqiqlov bo‘lmaydi. Sochi ma'muriyati birinchi navbatda shahar aholisining manfaatlarini hisobga olib, plyajlarga tungi vaqt tashrif buyurishga cheklovlar kiritish fikridan qaytdi", deyilmoqda xabarda.

Sochi meri Anatoliy Paxomovning aytishicha, taklif qilingan choralar kurort shahar mehmonlari va aholisini plyaj hududlaridagi xavfsizligini ta'minlash uchun qaratilgan edi. 

"Shahar rahbariyati ko‘plab sochiliklar plyajlarga erta tongda yoki ishdan keyin kechi payt kelishlarini hisobga oladi. Ularni bu imkoniyatdan mahrum qilish noto‘g‘ri bo‘lardi", deb aytildi Sochi ma'muriyatida.

Shu bilan birga shahar rahbariyatida ta'kidlanishicha, kunning tungi vaqti plyajlarda shifokorlar va qutqaruvchilar bo‘lmaydi, shuning uchun cho‘miluvchilar o‘z xavfsizliklari uchun o‘zlari javobgar bo‘ladilar va qonunchilik talablariga amal qilishga majburlar.

Avvalroq Sochi plyajlarida soatdan 20.00 dan 8.00 gacha cho‘milish taqiqlangani ma'lum qilingandi.

Top