20:29 / 12.07.2016
14373

Dubayda 64°C daraja issiqqa chidashmoqda

Foto: emirates.com

BAAning Dubay shahrida ayni vaqtda havo harorati o‘rtacha 50°C bo‘lib turibdi, lekin shahar aholisi namlikning haddan tashqari yuqori bo‘lgani sabab 64°C darajadagi issiqqa chidashga majbur bo‘lmoqda.

Hozir Dubayda namlik 90 foiz darajagacha ko‘tarilgan va 100 foizga yetishi mumkin. Bu esa issiqxona effektini yuzaga keltiradi. Oqibatda havo chidan bo‘lmas darajada issiq va dim bo‘ladi.

Mahalliy hukumat aholi vakillariga kamroq ko‘chaga chiqishni va ko‘proq xona haroratidagi suv ichishni tavsiya qilmoqda.

Top