19:30 / 12.07.2016
8697

Tarmoqda yangi iPhone 7 suratlari paydo bo‘ldi

Frantsuz blogi Nowhereelse sentabrda taqdim etilishi kutilayotgan Apple iPhone 7 va iPhone Pro smartfonlarining suratlarini chop etdi. Sayt tahririyati suratning ishonchliligiga kafolat bera olmaydi.

Qurilmalarning birida, ya'ni iPhone 7da asosiy obektivning kattalashganini ko‘rish mumkin. O‘z o‘rnida, suratdagi iPhone 7 Pro smartfonining orqa tomonida ikkita kamera mavjud.

Avvalroq bunday obektiv mavjud bo‘lishi haqida boshqa OAV ham ham bergan edi. Biroq suratlar yangi Apple gadjyetlarida 3,5 mm hajmli audioulagichlar olib tashlanishini aks ettirmagan. Nowhereelse mualliflari qayd etishicha, suratlarda shunchaki «o‘yinchoq» — ichki va farqlovchi belgilarga ega bo‘lmagan gadjyet talqini tasvirlangan.

Top