10:12 / 13.07.2016
2909

Xitoy jamoasi Robson-Kanuga yiliga 5 mln funt maosh taklif qilmoqda

Foto: Sky Sports

Uels terma jamaosi safida Yevropa chempionatida portlagan tajribali yarim himoyachi Hel Robson-Kanu faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unga BAA va Xitoy jamoalaridan qiziqish mavjud. «Beyjing Goan» va «Szyansu Sunin» 27 yoshli uelslikka yiliga 5 mln funt maoshni o‘z ichiga oladigan shartnomalar taklif qilmoqda.

Shuningdek, futbolchiga Abu-Dabining «Al-Jazira» jamoasidan qiziqish bildirilmoqda.

Lekin futbolchi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi va uning vakillari «Uotford», «Xall» va «Suonsi» jamoalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Unga shuningdek, «Everton», «Galatasaroy», va «Lester» kabi klublar qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, Robson-Kanu erkin agent bo‘lib turibdi. U o‘tgan mavsum oxirida 10 yillik faoliyatidan keyin «Reding»ni tark etgan.

Hal – kelib chiqishiga ko‘ra ingliz bo‘lib, yoshligida «uch sherlar» safida o‘ynagan. U «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Keyinchalik u buvasi tufayli Uels terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. Robson-Kanu terma jamoaning asosiy hujumchisi sanalmagandi, lekin u Yevro-2016 davomida bir necha o‘yinda o‘zini ko‘rsatib, ayniqsa Belgiya terma jamoasiga urgan goli orqali bir qator klublar diqqatini o‘ziga qaratdi.

Manba: Tribuna.uz

Top