12:39 / 13.07.2016
31954

IShID yangi videomurojaat tarqatdi

Foto: The Mirror

IShID terrorchi guruhi Britaniyalik fotomuxbir Jon Kentli aks etgan navbatdagi videolavhani e'lon qildi. Kentli 2012 yildan beri jangarilar qo‘lida hibsda saqlanadi, deb yozgan The Mirror nashri. 

Xabarlarga ko‘ra, yangi 3 daqiqali lavhada, ozib ketgan Kentli Iroqning Mosul shahri universiteti vayronalari oldida ko‘rinadi. U, ta'lim muassasasining Amerika yetakchiligidagi koalitsiya aviazarbalari oqibatida 3 oy muqaddam yo‘q qilingani haqida hikoya qiladi. Buning oqibatida, 103 kishi yaralangan, 15 kishi qurbon bo‘lgan. 

Bundan tashqari, koalitsiya aviazarbalarini tanqid qilishga o‘zida jur'at topgan Kentli IShID qilmishlari xususida lom-mim demaydi. 

«Nega koalitsiya universitetni yo‘q qilishga qaror qilgan ekan? Bu yerda hech kim ayni savolga jo‘yali javob bera olmaydi», — deydi britaniyalik fotomuxbir.

Ma'lumki, Jon Kentli IShIDning bir necha tashviqot videolavhalarida avval ham namoyon bo‘lgandi. Xususan, o‘tgan yilning fevral oyida Suriyaning Halab shahridagi tarixiy yodgorliklarning vayron bo‘lishida g‘arb mamlakatlarini ayblagan edi. 
 

Top