Italiya janubida ikki yo‘lovchi poyezdining to‘qnashishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohat oldi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Ikki poyezdning peshonama-peshona to‘qnashuvi 12 iyulda ertalab Apuliya viloyatining qishloq hududida yuz bergan.

Avariya sabablari tergov qilinmoqda, mutaxassislar poyezdlardan birining "qora qutisini" olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ta'kidlanishicha, poyezdlar nisbatan yaqinda – 2005 va 2009 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lgan.
Avvalroq OAVda poyezdlardan birining mashinisti tirik qolgani, biroq ahvoli og‘irligi ma'lum qilingandi.








