15:26 / 13.07.2016
7072

Qirg‘iziston hukumati Tojikiston va Qozog‘iston bilan elektr energiyasi bo‘yicha kelishishga umid qilmoqda

Qirg‘iziston shu hafta oxirigacha Tojikiston va Qozog‘iston respublikalari bilan elektr energiyasi yetkazib berish borasida kelishib olishni rejalashtirmoqda. «24.kg» sayti «Qirg‘iziston respublikasi milliy elektr tarmog‘i» OAJ rahbari Aleksey Borodinga asoslangan holda xabar qilgan.
 
Hozirgi vaqtda, u Toshkentda muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu yerda, Borodin Qozog‘istondan elektr energiyasi xarid qilish va Tojikiston bilan o‘zaro almashish masalalariga oydinlik kiritib olishi kerak. 

«Juma kuni masalani hal etishga umid qilyapmiz. Hozircha, hamkasblarimiz bilan bitim shartlarini muhokama etmoqdamiz», - degan Aleksey Borodin.
 
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iz hukumati mamlakat energetiklariga Tojikiston va Qozog‘iston bilan shu borada kelishib olish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Top