19:59 / 13.07.2016
5967

Robotlar kelajakda tug‘uruqxonalarda ishlaydi

Google image

NAO kompaniyasining ommabop robotlari tug‘uruqxonalarda katta hamshiralarning o‘rnini egallashi mumkin. Ular o‘quv kurslarini o‘tab bo‘lgach, tug‘uruqxonadagi kichik ishlarni mustaqil bajarishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ayni damda robotlardan ayrim jarrohlik amaliyotlarida muntazam foydalanilmoqda. Mutaxassislarning aytishiga qaraganda, robotlar bundan ko‘ra samaraliroq ish ko‘rsatishlari mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ular bemorlarning iltimosini bajarishi va muhim qarorlar qabul qilishi mumkin. Robotlarni o‘qitish loyihasi boshlig‘i Juli Shoxning ma'lum qilishicha, katta hamshiralar aksari hollarda og‘ir yumushlarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Agar bir kishi bir vaqtning o‘zida turli yumushlarni bajarsa, uning charchog‘i ortadi va xatolarga yo‘l qo‘yishni boshlaydi.
Robotlar ustida olib borilgan tahlillardan so‘ng ular AQShdagi tibbiyot markazlaridan birida sinov tariqasida ish boshladi. NAO robotlari tomonidan qabul qilingan 90 foiz qarorlar vrachlar va hamshiralarni xursand qilgan.

Top