15:46 / 13.07.2016
5512

Tarixda ilk marta BMT bosh kotibligiga nomzodlar orasida teledebat o‘tkazildi

BMT bosh kotibligi uchun nomzodlar o‘rtasida tarixda ilk marta teledebat o‘tkazildi. Bundan maqsad tashkilotning to‘qqizinchi bosh kotibi barcha uchun imkon qadar ochiq bo‘lishiga erishish.

"Al-Jazira" telekanali o‘tkazgan debatda BMT bosh kotibligi uchun da'vogar 10 nomzod ishtirok etgan. Ularning har biriga qisqa taqdimot uchun 1,5 daqiqadan ajratilgan. Shundan so‘ng ular BMT Bosh assambleyasi a'zolari savollariga javoblar qaytarishgan. Shuningdek, moderatorlar bilan munozara o‘tkazilgan. Nyu-Yorkda kechgan debatga Slovakiya TIV rahbari Miroslav Laychak va makedoniyalik diplomat Srjan Kerim kela olmagan.

Nomzodlarga BMT oldida turgan vazifalar, xususan global rivojlanish va turli hududlardagi inqiroz holatlari, tashkilotdagi islohotlar, ayollarning dunyo miqyosidagi muammolarni hal etishga jalb qilinishi masalalari bo‘yicha savollar berilgan.

Top