15:52 / 13.07.2016
17485

Texasliklar  musulmonlar himoyasiga tirik devor bo‘lib turishdi

Foto: islam-today.ru

Texasdagi Islom jamiyati markaziga tashrif buyuruvchilar bir qator qarshiliklarga duch kelishganidan so‘ng mahalliy aholi musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga yig‘ilishdi. Bu haqida islamtoday nashri ma'lum qildi.

Turli irq va dinga mansub yuzlab texasliklar juma namozi o‘qilayotgan islom markazi binosi atrofida tirik himoya devori bo‘lib turib olishdi. Shu bilan birga ular bu yerda musulmon ahliga dalda beruvchi xatlar va guldastalar qoldirishdi. 

“Sizlarning xavfsizligingiz uchun duo qilaman”. Shanna O'Konnor. Lyuteran cherkovi

“Qadrli musulmonlar! Sizlarga hujum uyushtirilganligini eshitib, og‘ir qayg‘uga botdim. Sizlar va dinlararo ahillik uchun duo qilaman”

“Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz!”

Suratlar: islam-today.ru

Top