Toshkent shahri borgan sari megapolislarning yangi global tendensiyalarini o‘zida qamrab olmoqda. inDriver xalqaro servisi kirib kelishi munosabati bilan poytaxtning minglab aholisi taksi xizmatini o‘zi uchun qulay bo‘lgan mobil ilova orqali buyurtma qilishni afzal ko‘rmoqda.
Xizmatga ulanish uchun telefonga Android, iOS yoki Windows Phone platformalaridan inDriver ilovasini yuklab olsangiz kifoya.
Toshkentdagi yo‘lovchilar bunday xizmatning ustunligiga to‘g‘ri baho berishmoqda. Servisning boshqa xizmatlardan farqli qulay tomoni – yagona dispetcherlik xizmatining yo‘qligi va mikrotenderlar mexanizmi, inDriver orqali buyurtma qilinganda, foydalanuvchi sayohatning shartlarini o‘zi belgilaydi, shuningdek avtomobil va haydovchini ham mijozning o‘zi tanlaydi. Endi tavakkal qilib, ko‘chaga chiqib taksi to‘xtatish yoki hamyonbop tarif va bo‘sh mashina ilinjida dispetcherlik xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilishning hojati yo‘q.
Biz bilan ham vaqtingiz, ham pulingiz tejaladi. Ilovaga yuborilgan so‘rovni birinchi navbatda eng yaqin masofadagi haydovchilar ko‘rishadi, shu bois avto yetkazib berishga sanoqli daqiqalargina ketadi. Zamonaviy texnologiyalar tufayli avtomobil yetkazib berish o‘rtacha 5 daqiqa vaqtni oladi. inDriver sayohatlarining o‘rtacha bahosi esa mikrotenderlar sabab an'anaviy taksi xizmati safarlaridan 30 foizga arzon.
Mobil ilovaning muhim ijobiy tomonlari uning oddiyligi va qulayligidadir. Buyurtmani amalga oshirish juda oson: shunchaki ilova shaklida “Qayerdan”, “Qayerga” va “Narxi” qatorlarini to‘ldirsangiz, bas. Yaqin oradagi taksi haydovchilari foydalanuvchiga o‘zlari qo‘ng‘iroq qilishadi.
inDriver ilovasining funksional va texnologik xususiyatlari barchaga birdek ma'qul keladi. Ko‘plab optsiyalar sayohatning qo‘shimcha shartlarini ko‘rsatishga imkon yaratadi: avto yoki mikroavtobus tanlash, bolalar kreslosi bo‘lgan mashinani tanlash va h.k.








