Atambayev va Angela Merkel yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi
Qirg‘iziston prezidentining hisoblashicha, Germaniya federativ respublikasi kansleri Angela Merkel Bishkekda mamlakatning demokratik yo‘ldan borishini qo‘llab-quvvatlovchi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Almazbek Atambayev bu haqida Merkel bilan Bishkekda kechgan ikki tomonlama uchrashuv vaqtida ma'lum qilgan.
"Men o‘ylaymanki, sizning tashrifingiz biz tanlagan rivojlanishning demokratik yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi", — degan Atambayev.
U Qirg‘iziston tomoni "bu tashrifga alohida ahamiyat qaratishi"ni qayd etgan.
"Sizning tashrifingiz mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligida ro‘y berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Men bu tashrif ikki davlat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman", — degan Qirg‘iziston rahbari.
O‘z navbatida GFR rahbari uchrashuv vaqtida Germaniya Qirg‘izistonga yaxshi kelajak ta'minlanishi uchchun qanday yordam ko‘rsatishini aytib o‘tgan.
Merkelning so‘zlariga ko‘ra, u Qirg‘iziston tomoni demokratik yo‘lni tanlash barobarida qator qiyinchiliklarga duch kelganidan yaxshi xabardor.
"Men bu mintaqada demokratik yo‘lni tanlash naqadar qiyinligini bilaman", — degan u.
Germaniya kansleri Angela Merkel 14 iyulga o‘tar kechasi Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu tashrif Merkelning Qirg‘izistonga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi.
Tashrif doirasida Merkel va Atambayev Qirg‘iziston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning istiqbollari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishi hamda xalqaro va hududiy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikrlar almashishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Merkel Qirg‘iziston parlamenti spikeri Chinniboy Tursunbekov boshchiligidagi qonunchilik organlari vakillari, nodavlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:54 / 19.05.2017
Atambayev o‘rniga nomzodlar: Rus tili o‘qituvchisidan tortib «un qiroli»gacha
22:03 / 12.04.2017
Atambayev: YeOIIga a'zo bo‘lishimizgacha qirg‘izistonlik ishchilar qul kabi qabul qilinardi
15:32 / 03.04.2017
Atambayev: Tartibsizlik istaysanmi? Seni qamoq kutadi
12:34 / 24.03.2017