Sport | 07:12 / 14.07.2016
6344
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik futbolchi Mario Fernandesga Rossiya fuqaroligi berildi

Braziliyaning "Gremio" klubining sobiya himoyachisi Mario Fernandes endi Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynashi mumkin.

Fernandes "TsSKA" klubi uchun 2012 yildan beri o‘ynab keladi. U bu orada 128 ta uchrashuv o‘tkazib, uch marotaba Rossiya chempioni bo‘lgan.

Fernandes bir necha bor Rossiya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘lish istagini bildirgan. Biroq "TsSKA"da braziliyalikka Yevro-2016’gacha Rossiya fuqaroligini berishga ulgurib bo‘lmasligi aytilgan.  

Bu yo‘nalishda futbolchi birinchi qadamni 7 martda amalga oshirgan. Fernandes fuqarolik olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni topshirdi. 13 iyulda esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan unga Rossiya fuqaroligi berildi.

Shu tariqa Rossiya terma jamoasi uchun ikkinchi braziliyalik o‘ynaydigan bo‘ldi. Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynayotgan birinchi braziliyalik "Lokomotiv" darvozaboni Marinato Gilermedir.

Shuningdek, Ukrainada tug‘ilgan velopoygachi Yelizaveta Oshurkova ham Rossiya fuqaroligini oldi.