09:21 / 14.07.2016
42879

«Fast and Easy» o‘quv markazi yangi uslub - ingliz tilida gaplashishni qog‘oz va qalamsiz o‘rganish kursini ishga tushirdi

IELTS  imtihonlarining qiyin qismi bo‘lgan Speaking'dan yaxshi tayyorlanmoqchimisiz? Yoki sizga qisqa muddatda ingliz tilida xuddi inglizlardek suhbatlashish kerakdir? Balki ingliz tili grammatikasidan tayyorlanib, unda gaplashishni o‘rganmagandirsiz?

Hatto ingliz tilidan umuman xabaringiz bo‘lmasa ham «Fast and Easy» o‘quv markazi yangi uslub yordamida 6 oy ichida ingliz tilida bemalol suhbatlasha olishingizga yordam beradi. Bunda ilk ikki oy davomida ingliz tilining boshlang‘ich ma’lumotlari beriladi va qolgan 4 oy davomida qog‘oz-qalamsiz o‘rgatish kursi boshlanadi.

Ushbu dars o‘tish usuli ko‘pgina filologiya fanlari olimlari tomonidan takomillashtirilgan. «Fast and Easy»da ham bu uslub ancha paytdan beri sinalgan.
Masalan, yaqindagina «Fast & Easy» o‘quv markaziga 5 nafar o‘quvchi tashrif buyurgan va 10 kundan so‘ng IELTS imtihoni borligini aytgan. Shundan so‘ng, 10 kun davomida yangi uslub bilan 10 ta dars o‘tilgan.

Natija esa juda a’lo! 10 kunlik darsgacha IELTS natijasi 4 ball bo‘lgan o‘quvchilarning barchasi imtihondan so‘ng 5,5 ball olishgan.

Qog‘oz va qalamsiz ingliz tilida gaplashishni o‘rganish kursida bilim darajangiz, gaplasha olish ko‘rsatkichingiz, vaqtingizga qarab darslar va uning muddati belgilanadi. Guruhlarda esa 10 kishigacha o‘quvchi bo‘ladi. Shuningdek, o‘quv markazi tomonidan individual, kichik guruhlarda darslar tashkil etib berish imkoni ham bor.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, «Fast and Easy» o‘quv markazida ta’lim olgan o‘quvchilarning 70 foizi IELTS dan 6 yoki 6,5 ball olgan, qolganlarning natijasi esa 7 yoki 7,5 ballni tashkil etmoqda.
Yangi uslub sizni ham qiziqtirib qo‘ydimi? U holda «Fast and Easy» o‘quv markaziga tashrif buyurib yoki qo‘ng‘iroq qilib bepul birinchi dars uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 62-uy
Mo‘ljal: «Minor» metro bekati
Telefon: (+998-95) 145-04-11 / (+998-90) 998-39-00

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Fast and Easy NTM xizmat ko‘rsatadi.

Top