Xitoyda suv toshqini qurbonlari soni 237 nafarga yetdi
Xitoydagi sel yomg‘irlari va suv toshqini natijasida 237 nafar kishi vaziyat qurboni bo‘ldi, yana 93 kishi izsiz yo‘qoldi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida umumiy hisobda 60,8 million kishi jabr ko‘rgan. Talofatdan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 146,98 milliard yuanga (21,99 milliard dollar) yetdi.
Xitoyning turli hududlarida iyun oyi oxiridan beri kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Yog‘ingarchilikning ko‘pligi suv toshqini va ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Yantszi daryosi hovuzlaridagi qator hududlarda favqulodda qiyin vaziyat yuzaga keldi. Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatlardan umumiy hisobda mamlakatning 1,5 ming tumani jabr ko‘rgan.
Xitoy hukumati suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam sifatida 560 million yuan ajratdi.
Mavzuga oid
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
16:20 / 30.10.2024