iPhone 7 qurilmasiga doir yangi tafsilotlar
Apple o‘z qurilmalari dizayni qalinligini muntazam ravishda qisqartirib borishga urg‘u berishdan voz kechishga qaror qilganga o‘xshaydi. Bu haqida Vesti Hi-tech nashri ma'lum qildi.
iPhone 6s qurilmasi iPhone 6'dan bir necha millimetrga qalinroq, endi iPhone 7 ham "to‘lishsa" ajab emas. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yangi qurilmaning qalinligi 7,15 millimetrdan iborat bo‘ladi, iPhone 6s esa - 7,1 millimetr.
Apple smartfoni batareya sig‘imi hajmi evaziga "to‘lishadi". Kompaniya muhandislari akkumulyatorlarning energosig‘imini uning hajmini o‘zgartirmay oshirishga harakat qilishsa-da, ko‘zlangan ko‘rsatkichlarga erishib bo‘lmayapti.
"iPhone 7 qurilmasining batareyasi - 1960 mAch, iPhone 6s'niki esa - 1715 mAch", - deya yozib qoldirdi kompaniya sirlari bilan yaqindan tanish bo‘lgan Stiv Xemmerstoffer.
Yangi A10 protsessori kuchliroq bo‘lib, u energiyani avvalgi qurilmaga qaraganda faolroq sarflaydi.
Bugun @OnLeaks iPhone 7 qurilmasining uch xil rangdagi - kumush, tilla va pushti tilla rangdagi yangi suratlari bilan bo‘lishdi. Shunisi qiziqki, yangi qurilmalar orasida odatiy to‘q kulrang yoki kosmik qora ranglisi yo‘q.
iPhone 7 haqida tasdiqlanmagan ma'lumot - taqdim etilgan suratlar va ma'lumotlarga ko‘ra, Apple'ning yangi smartfoni nafaqat quloqchinlar ulagichidan, balki ovozsiz rejimga qo‘yishni amalga oshiradigan tugmadan ham xoli bo‘ladi. Ehtimol endi buning uchun boshqaruv punktidagi dasturdan foydalanishlariga to‘g‘ri kelar.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024