Misr hukumati Turkiya bilan hamkorlik qilish shartlarini bildirdi
Misr Respublikasi, so‘nggi vaqtlarda qo‘shnilari bilan aloqalarni yaxshilashga intilayotgan Turkiya bilan hamkorlik qilishga tayyor. Buning uchun, rasmiy Anqara Misrning ichki ishlariga aralashmasligi shart, deb bayonot bergan Misr parlamenti spikeri Ali Abdul Al.
"Ushbu masalada mening qarorim Misr xalqi xohish-istagiga asoslangan. Biz boshqa davlatlarning ichki ishlarimizga aralashishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Shunga ko‘ra, ushbu qoidani hurmat qilgan har qanday davlat, xususan Turkiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz", — degan Abdul Al Turkiyaning Isroil va Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashga intilayotgani xususida fikr bildirib.
Turkiya-Misr munosabatlari 2013 yili Misr prezidenti Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlashtirilgach, yomonlashgan edi.
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
18:32 / 05.03.2024