18:58 / 14.07.2016
10321

Rossiya bombardimonchi samolyotlari IShID nishonlariga zarba berdi

Foto: © RIA

Rossiya mudofaa vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy havo-kosmik kuchlarining 6ta Tu-22m3 bombardimonchi samolyotlari IShIDning Suriyadagi marralariga ikkinchi havo zarbalari bergan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«14 iyul kuni 6ta bombardimonchi samolyot Rossiyadagi aerodromlardan havoga ko‘tarilib, IShIDning Palmira, Es-Suxne, Arakdagi marralariga va Xoms viloyatidagi neft quyish stansiyasiga zarbalar bergan», — deyiladi xabarda. 

Mudofaa vazirligida aytishlaricha, Rossiya samolyotlari terrorchi guruhning boshqaruv punkti va dala lagerini yo‘q qilgan. 

 

Top