17:56 / 14.07.2016
11863

Uchtepa tumanida “Futbol-2016” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tuman Kengashi va Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan “Yozni “Kamolot” bilan!” loyihasi doirasida tumandagi 193-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida maktab o‘quvchilari ishtirokida “Futbol-2016” nomli futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 150 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etib, guruhlarga bo‘lingan holda jamoalar bosqichma-bosqich o‘yinlarda o‘zaro kuch sinashishdi. O‘yinlar natijalariga ko‘ra, finalga yo‘llanma olgan 107 va 193 maktab jamoalari o‘rtasidagi qizg‘in bahs 193-maktab jamoasi foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi.G‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alarni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tuman Kengashining yangi saylangan raisi Oybek Rahmonberdiyev tantanali ravishda topshirdi.

O‘tkazilgan musobaqa bilan barcha ishtirokchi yoshlarning kayfiyatini ko‘tarinki ruhda bo‘lishiga hamda yoz mavsumini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashildi.

Uchtepa tuman Kengashi matbuot xizmati

Top