12:13 / 15.07.2016
5103

Xitoy sayyohlik agentliklari Nitstsaga olingan chiptalar pulini qaytarib berishni taklif qilishdi

Foto: Mashable

Xitoy sayyohlik agentliklari Fransiyadagi teraktlardan so‘ng favqulodda choralar ko‘rishga kirishishdi, ular mijozlarga Nitstsaga olingan chiptalar pulini to‘liq qaytarib berishni taklif qilishmoqda. Bu haqida Shanghai Daily ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, nafaqat Nitstsaga olingan chiptalar puli qaytariladi, balki Fransiya janubiga olingan chiptalar ham qaytarilishi mumkin. 

15 iyuldan 21 iyulga qadar Fransiyaga borishni rejalashtirgan kishilarning barchasi sayohat yo‘llanmalari uchun pulni qaytarib olishlari mumkin. 

Fransiyadagi sayyohlarga esa odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni chetlab o‘tish tavsiya qilinmoqda. 

Top