07:38 / 15.07.2016
4450

Klyuyvert "PSJ"ning sport direktori etib tayinlandi

“Barselona” va "Ayaks" klublarining sobiq futbolchisi, gollandiyalik Patrik Klyuyvert "PSJ" klubining sport direktori etib tayinlandi, deb ma'lum qildi fransuz klubi rasmiy sayti.  

"Menga "PSJ" kabi shunday katta Yevropa klubiga qo‘shilish katta sharafdir. Mening vazifam "PSJ" rahbariyat jamoa oldiga qo‘yayotgan yuqori maqsadlarga erishishidan iborat", deb aytdi Klyuyvert.

40 yoshli Klyuyvertning oxirgi ish joyi "Ayaks" bo‘lib, u yoshlar jamoasiga murabbiylik qilgan. Shuningdek, o‘tmishda taniqli futbolchi Kyurasao (Janubiy Amerikadagi davlat, Niderlandiya qirolligi tarkibiga kiradi) terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan, 2012-2014 yillarda Niderlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

Top