11:05 / 15.07.2016
7185

MasterCard'ning yangi logotipi ishlab chiqildi

Foto: Rachael Steven

Pentagram dizayn agentligi MasterCard to‘lov tizimining yangilangan logotipini namoyish qildi. Bu haqida Creative Review ma'lum qildi

Yangi logotip ustida ishlagan xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi variant biroz eskirgan - xususan, nomdagi katta "S" harfi foydalanuvchiga kompaniya karta yordamida hisob qilishiga ishora qilar edi, so‘nggi yillarda esa tarmoqda amalga oshiriladigan operatsiyalar soni o‘sib bormoqda. 

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat brendga nisbatan muammolar tug‘dirayotgan bo‘lgan, zero kartalarni kompaniyaning o‘zi ishlab chiqarmaydi. 

Logotipning mazkur yangilanishi 1996 yildan beri birinchi marta amalga oshdi. 

Top