12:02 / 15.07.2016
5480

Nintendo afsonaviy o‘yin pristavkasi ishlab chiqilgani haqida e'lon qildi

Foto: ing.com

Yaponiyaning Nintendo kompaniyasi afsonaviy Nintendo Entertainment System (NES) konsolining kichiklashtirilgan nusxasi bo‘lgan Nintendo Classic Mini: Nintendo Entertainment System o‘yin pristavkasining ishlab chiqarilgani to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi

Yapon kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan NES qolipi original pristavka dizaynini deyarli to‘liq takrorlaydi, u faqatgina hajm jihatidan biroz ixchamroq. Konsolning televizorga ulanishi uchun HDMI interfeysi qo‘llaniladi, quvvatlanish esa USB orqali amalga oshiriladi.

Avvalgi modeldan farqli o‘laroq, yangi konsolda katrijlarning o‘yinlar bilan qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmadi. Unda 30 ta mashhur o‘yinlar o‘rnatilgan bo‘lib, Super Mario Bros, The Legend of Zelda, PAC-MAN shular jumlasidandir. 

Yangi pristavka 11 noyabrdan boshlab sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda. Konsolning bahosi - 60 dollar. 

Top