12:42 / 15.07.2016
4453

Peterburg "Zenit-Arena" qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan kompaniya bilan hamkorlikni bekor qildi

Sankt-Peterburg shahri hokimiyati "Zenit-Arena" stadioni qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan «Injtransstroy-Spb» kompaniyasi bilan hamkorlikni bekor qildi.

14 iyul kuni «Injtransstroy-Spb» stadion qurilishida buyurtmachi bo‘lgan Sankt-Peterburg shahri hokimiyatiga bir qator e'tirozlarini bildirib, shartnoma shartlarini bajarmaslikda ayblagandi. Kompaniyadagilar obektning reyderlar tomonidan egallab olinishiga urinish ham bo‘lganini ma'lum qilgan.

Sankt-Peterburg vitse-gubernatori esa stadion qurilishi davom etishini bildirgan.

"Zenit-Arena" Krestovskiy orolida qurilishi boshlangan. 2017 yilda bu stadionda Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlari, 2018 yilda esa jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bundan oldinroq shahar qonunchilik kengashi stadion qurilishi uchun qo‘shimcha 4,3 milliard rubl ajratilishini ma'lum qildi.

JCh-2018 uchun qurilayotgan «Krestovskiy» stadioni topshirilishi noma'lum muddatga kechikishi mumkin

Top