09:34 / 16.07.2016
8799

Istanbuldan Toshkentga aviareyslar kechiktirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining 15 iyun kuni kechqurunga mo‘ljallangan «Istanbul — Toshkent» (HY274) reysi Turkiyadagi voqealar tufayli kechiktirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot jadvalga ko‘ra 15 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:45da Istanbuldan havoga ko‘tarilishi va O‘zbekiston poytaxtiga Toshkent vaqti bilan soat 5:20da qo‘nishi belgilangandi.

Toshkent aeroportidagilar bu reys qachon amalga oshirilishi haqida ma'lumotga ega emas.

Istanbuldan juma kuni Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan Turkish Airlines aviakompaniyasi reysi (TK368, jadval bo‘yicha uchish vaqti — 23:45) bekor qilingan.

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti 15 iyul kuni kechqurun Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida yopib qo‘yildi. Bugun tongda aeroport faoliyati tiklanib, Londondan uchib kelgan samolyot qabul qilindi.

Top