19:47 / 17.07.2016
15144

Erdo‘g‘anning bosh harbiy maslahatchisi qo‘lga olindi

Foto: CNN Turk

Turkiya hukumati mamlakat prezidentining bosh harbiy maslahatchisi Ali Yaziyachini qo‘lga olish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ushbu harbiy amaldor 16 iyul voqealariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Bundan oldinroq xuddi shu sabab bilan Turkiya janubidagi Injirlik harbiy aviabazasi general Bekir Erjon Vanni qo‘lga olingandi.

Turkiya hukumati shu vaqtgacha armiyaning o‘rta va oliy bo‘g‘ini vakillaridan 6000 nafarini davlatga xiyonatda ayblab hibs qilgan.

Turkiyada harbiylar isyoni

Top