21:13 / 18.07.2016
4152

APLni tark etgan «Nyukasl» yangi mavsum uchun 33 ming abonement sotib ulgurdi

«Nyukasl» jamoasi o‘tgan mavsum yakunida APLni tark etib, chempionshipga tushib ketgan bo‘lsada, jamoa muxlislari sevimli klublariga sodiq qolmoqda.

«Nyukasl» ayni vaqtga kelib keyingi mavsum uchun 33 ming abonement sotib bo‘lgan.

«Qarg‘alar» jamoasini quyi liga o‘yinlarida ham stadion to‘la muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishi kutilmoqda. Muxlislar jamoa qisqa muddat ichida APLga qaytishiga ishonch bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, «Sent-Jyeyms Park» stadioni o‘z bag‘riga 52 ming muxlisni sig‘dira oladi. 

Qayd etish kerakki, Angliyaning deyarli barcha shaharlarida kamida ikkitadan katta jamoa borligi holda bu shaharda asosiy jamoa bitta.

Manba: Tribuna.uz

Top