08:15 / 19.07.2016
19910

Erdo‘g‘an: agar 10 daqiqa ko‘proq ushlanib qolganimda, meni o‘ldirishgan bo‘lardi

Foto: RIA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an agar mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinish vaqtida Marmarisda 10 daqiqa ko‘proq ushlanib qolganida uni o‘ldirishlari mumkinligi haqida aytdi. Bu haqda CNN telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Marmarisda menga qarshi operatsiya o‘tkazilgan. Mening ikki qo‘riqchim o‘ldirilgan. Agar men u yerda yana 10-15 daqiqa ko‘proq ushlanib qolganimda, meni o‘ldirishlari yoki asirga olishlari mumkin edi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

U nashrga Marmarisda oilasi bilan dam olishda bo‘lganini aytgan. Kechki soat 22.00larda unga Anqara va Istanbulda harbiylar ishtirokida tartibsizliklar bo‘layotganini ma'lum qilishgan. Shundan keyin Erdo‘g‘an o‘zi to‘xtagan mehmonxonani tark etishga qaror qilgan.

Top